O‘zbekistonlik shaxmatchi qiz AQSh terma jamoasiga qo‘shildi

22 yoshli qiz Missuri universitetining shaxmat jamoasida o‘ynaydi. U haqida yana nima bilamiz?

Ayollar o‘rtasidagi AQSh chempionatida o‘zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova ikkinchi o‘rinni egalladi.

Olamsport’ning xabar berishicha, Gulruhbegim AQSh terma jamoasiga qo‘shilgan.

Gulruhbegimning singlisi, shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining sobiq a’zosi Xulkar Toxirjonovaning so‘zlariga ko‘ra, Gulruhbegim hozirda Missuri universitetida tahsil olmoqda.

Musobaqalardagi ishtirok va boshqa harajatlar davlat tomonidan to‘lanadi.
Gulruhbegimning yana bir singlisi bor, u ham grossmeyster - Nafisa Mo‘minova.

Nafisa o‘z faoliyatini Yevropaning shaxmat klublaridan birida davom ettirmoqda. 2013-yilda u O‘zbekistonda birinchi bo‘lib xalqaro ayol grossmeyster maqomini oldi.

Yana Gulruhbegimga qaytsak. U O‘zbekiston fuqarosi. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi a’zosi emas.

2017-yilda Gulruhbegim Tohirjonova "MDHning eng chiroyli shaxmatchisi" tanlovida g'olib chiqdi.