Ob-havo prognozi: Kuchli shamol, yomgʼir va sel

“Oʼzgidromet” ogohlantirishicha, 1-2-fevral kunlari Samarqand, Jizzax hamda Toshkent viloyati hududlarida kuchli yomgʼir, togʼlarda esa qor yogʼishi kutilmoqda.
Shuningdek, Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatida kuchli shamol boʼlishi, uning tezligi 25-28 m/s ga yetishi haqida ma’lum qilingan.
1-3-fevral kunlari respublikamizning 9 viloyati togʼ va togʼ oldi hududlarida sel xavfi eʼlon qilindi.






