Ob-havo tufayli O‘zbekiston aeroportlarida parvozlar jadvali o'zgarishi davom etmoqda

11-yanvar kuni Toshkent aeroporti ishlamoqda, biroq bir kun avval ro‘y bergan kechikishlar tufayli parvozlar o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha amalga oshirilmoqda.
Ertalab ob-havo sharoiti tufayli Termiz aeroporti yopildi. Farg‘onadan parvozlar Namangandan amalga oshiriladi. Yoʻlovchilar uchun Fargʻonadan Namanganga yer usti transferi yoʻlga qoʻyilgan.
10 -yanvar kuni Oʻzbekiston xalqaro aeroportlari jami 152 ta reysga xizmat koʻrsatdi:
“Toshkent” aeroporti 93 ta reysni amalga oshirdi;
“Samarqand” – 16 ta reys;
“Urganch” – 10 ta reys;
“Buxoro” va “Navoiy” – har biri 8 ta reys;
Farg‘ona – 7 ta reys;
Nukus - 6 reys;
“Namangan” – 4 ta reys.






