Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasining 2021- yilning birinchi yarmiga qadar qilingan ishlari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.
Qayd etilganidek, sohada qonunchilik asoslarini takomillashtirish izchil davom ettirildi. O‘zbekistonda ilk marotaba odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni milliy darajada qayta yo‘naltirish tizimi joriy qilindi.
AQSH Davlat departamentining joriy yilgi hisobotida O‘zbekiston alohida kuzatuv ostidagi davlatlar ro‘yxatidan chiqarilib, xalqaro standartlarni to‘liq bajarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirayotgan davlatlar ro‘yxatiga, ya’ni 2-toifaga kiritildi.
Majburiy mehnatga qarshi kurash borasida erishilgan yutuqlar qatorida bir qancha muammolar ham mavjud.
Sohalar kesimida tahlil qilinganda, majburiy mehnat holatlarining aksariyati xalq ta’limi - 16 ta holat, bank-moliya - 3 ta, tibbiyot - 9 ta, transport va obodonlashtirish tarmoqlarida - 5 ta holatlar uchramoqda.






