Ogʼir atletika boʼyicha Osiyo chempionati: Аdhamjon Ergashev uchta oltin medalga ega bo’ldi

Bahraynda boʼlib oʼtayotgan ogʼir atletika boʼyicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz vakili Аdhamjon Ergashev -67 kg vazn toifasida dast koʼtarishda 138 kg va siltab koʼtarishda 176 kg, ikki kurash boʼyicha 314 kg natija qayd etib, uchta oltin medalni qo’lga kiritdi.

Shuningdek, -73 kg vazn toifasida Doston Yoqubov Osiyo chempionatining ikkita oltin va bitta bronza medalini qoʼlga kiritdi. Yoqubov dast koʼtarishda 140 kg natija bilan bronza, siltab koʼtarish (182 kg) va ikki kurashda (322 kg) oltin medallarni Oʼzbekiston terma jamoasi hisobiga kiritdi.