Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasining maqsad va vazifalari belgilandi

Hukumat qarori bilan Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida nizom tasdiqlandi. Nizomga ko'ra, jamg’arma og'ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko'rsatishi ko’zda tutilgan.
Shuningdek, jamg'armaning asosiy maqsadi xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, jumladan:
oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda ko'maklashish;
mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblar bo'yicha bilim va ko'nikmalarni egallashda ularga ko'maklashish va rag'batlantirishdan iborat.
Og'ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi bo'lgan, kam ta'minlangan oilalardagi xotin-qizlarni moddiy qo'llab-quvvatlash Jamg'arma mablag'lari sarflanadigan asosiy yunalishlardan biri hisoblanadi.
Ma'lumot uchun: Prezidentning 2022-yil 1-martdagi Farmoni bilan Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi sifatida qayta tashkil etilgan.






