Olimlar butun yuzasi suv bilan qoplangan «Okean sayyorasi»ni aniqladilar

Monreal universiteti xalqaro olimlar jamoasi yangi TOI-1452 b ekzosayyorasi topilgani haqida ma’lum qildi. Uning yuzasi butunlay okean bilan qoplangan bo’lib, sayyora Yerdan taxminan 70 foiz kattaroq deya qayd etilmoqda.
Mualliflarning fikricha, “okean sayyorasi” butunlay qalin suv qatlami bilan qoplangan sayyora bo‘lishi mumkin. Olimlar buni Yupiterning Ganimed va Kallisto hamda Saturnning Titan va Enselad yo‘ldoshlari bilan taqqoslamoqda.
Tadqiqot natijasiga ko’ra, sayyora Yerdan taxminan 70 foiz kattaroq deya qayd etilmoqda. Olimlar Yer massasidan qariyb besh baravar ko‘p bo‘lgan sayyora massasini aniqlash uchun 50 soatdan ko‘proq bo’lgan vaqt mobaynida kuzatish ishlarini olib bordilar.
Shu bilan birga, ekspertlarning fikriga ko‘ra, u Yer kabi toshloq, ammo suv Yer massasida 1 foiz bo‘lsa, TOI-1452 bda u 30 foizgacha bo‘lishi mumkin.






