Olimlar yangi gibrid viruslar paydo bo‘lganidan xavotirda

Ma’lum qilinishicha, yangi mutatsiyalar inson immunitetiga oson "chap bera oladi". Ya’ni organizmda gripp infeksiyasiga qarshi antitanalar shakllangan bo‘lsa-da, ularni qiyinchiliksiz chetlab o‘tib, sog‘lom hujayralarni zararlaydi.
Shotlandiyaning Glazgo universiteti olimlari tomonidan inson o‘pkasida o‘tkazilgan tajribalar davomida viruslar bir-biri bilan raqobatlashmasligi, aksincha kuchlarini birlashtirib, yanada xavfli tus olishi aniqlandi.
Qayd etilishicha, gibrid gripp infeksiyalari shu tariqa shakllangan va olimlar hali bunday virusga duch kelishmaganini ta’kidlamoqda.
Shuningdek, ma’lumotlarga ko’ra ushbu chatishgan xastalik aksariyat hollarda pnevmoniyani keltirib chiqarishi mumkin. Ya’ni infeksiya oqibatida o‘pka to‘qimalari yallig‘lanib, uning bo‘shlig‘i suyuqlik bilan to‘lishi kuzatiladi. Oqibatda bemorning nafas olishi og‘irlashib, hayoti xavf ostida qoladi.






