Olimlar Yerning vazni qancha ekanini hisoblab chiqdilar

Parij yaqinidagi Versal saroyida bo‘lib o‘tgan 27-O‘lchov va vaznlar bo‘yicha bosh konferensiyaga yig‘ilgan turli mamlakatlar olimlari va hukumat vakillari sayyoramizning vazni olti ronnagramm ekanligini hisoblab chiqdilar.
Biroq, bu o'zidan keyin 27 noldan iborat raqam ekanligi ta'kidlangan. Shu bilan birga, Yupiter og'irroq deya qayd etilgan. Bu haqda tadqiqotchilar yangi prefikslar kiritilgandan so‘ng ma’lum qilishdi. Yangi prefikslar ortib borayotgan ehtiyojni qondirishga yordam beradi.






