Olimpiya va paralimpiya o'quvchi sportchilariga imtiyozlar belgilandi

Olimpiya sport turlari hamda paralimpiya sport turlari bo‘yicha Osiyo va Respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarga test sinovlaridan ozod etilish, kirish imtihonlaridan ozod etilish kabi imtiyozlar belgilandi.
Davlat komissiyasining 2-son bayoniga ko'ra 2021/2022 o‘quv yili qabulida faqat “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” va “Jismoniy madaniyat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan ushbu toifadagi abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi.
Unga ko'ra:
Ikkinchi mutaxassislik va majburiy uchta fanga (ona tili, matematika, O'zbekiston tarixi) bo'yicha test sino'vlaridan ozod etilib maksimal ball belgilash;
Kirish imtihonlari natijasiga ko'ra sportchilarni umumiy tanlovdan tashqari grant va kontrakt asosida talabalikka qabul qilish (minimal o'tish balini Davlat komissiyasi belgilaydi);
“Sport faoliyati” va “Jismoniy madaniyat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo'yicha sirtqi ta'lim shaklini tanlagan sportchilar faqat kontrakt asosida talabalikga tavsiya etilishi mumkin;
“Jismoniy madaniyat” bakalavriyatiga topshirgan sovrindor sportchilarga birinchi mutaxassislik fani bo‘yicha kirish imtihonlari o‘tkaziladi;
Sovrinli o'rinlarni egallagan sportchilarga birinchi mutaxassislik fani imtihonlari tegishli tarzda belgilangan muddatlarda onlayn o'tkaziladi.






