Oliy Majlis Senati Raisi Jeneva shahrida XMTning amaldagi bosh direktori bilan uchrashdi

Аyni vaqtda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya Xalqaro mehnat konferensiyasining 110-sessiyasida ishtirok etish uchun Shvetsariyaning Jeneva shahrida boʼlib turibdi. Xizmat safari doirasida Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva Xalqaro mehnat tashkilotining bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashdi.

Suhbat davomida Oʼzbekiston va XMT oʼrtasidagi aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Muzokaralar natijasida Oʼzbekiston va XMT oʼrtasida hamkorlik qamrovini kengaytirishga, jumladan, respublikamizda munosib mehnat sharoitlarini yaratish masalasida birgalikda ishlashga kelishib olindi.