Oliy Majlis Senati yangi qo'mitasining ekspert guruhi tuzildi

Joriy yilning 9-iyul kuni Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining birinchi majlisi o‘tkazildi.

Majlisda ekspert guruhini tuzish masalalari muhokama qilindi. Xususan, yangi qo'mitani a’zolarining aksariyati mamlakatimizdagi yetakchi OAV vakillari, blogerlar, jurnalistlar va yuristlardan tashkil topgan.

Shuni ta'kidlash kerakki, qo‘mitaning asosiy yo‘nalishlari davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring yuritishdir.