Oliy Majlis Senatining 18-yalpi majlisining 1-kuni

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva boshchiligida 18-yalpi majlisning birinchi kuni yakuniga yetdi va Tashqi ishlar vazirligining yarim yillik faoliyati natijalari hamda yoshlarni sportga jalb qilish natijalari muhokama qilindi.

Tashqi ishlar Vaziri o'rinbosari Farhod Arziev axboroti bo'yicha, vazirlik tomonidan xorijdagi diplomatik vakolatxonalar bilan birgalikda jami 411,5 mln AQSH dollari miqdorida 473 ta eksport shartnomasi tuzildi. 88,27 mln dollarlik beg‘araz texnik yordam mablag‘lari va grant jalb etildi. Mahalliy mahsulotlar eksportini yanada samarali targ‘ib qilish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida 706 ta turli tadbir, taqdimotlar o‘tkazildi, xorijiy ommaviy axborot vositalarida 719 ta material chop etilishi ta’minlandi.

Shuningdek, vazirlik faoliyatiga oid kamchiliklar, jumladan, vazirlikda moliyaviy intizomni kuchaytirish va budjet mablag‘lari sarflanishi ustidan samarali nazorat o‘rnatish zarurligi ta’kidlandi (Moliya vazirligi tomonidan aniqlangan 23 ta holat bo‘yicha 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar ortiqcha sarflanishiga yo‘l qo‘yilgan) mavzular muhokama etildi va tegishli yechimlar qabul qilindi.

Majlis davomida, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish jarayoni doirasida yugurish, yurish, velosport, badminton, stritbol, Workaut va boshqa sport turlari bo‘yicha jami 56 mingdan ziyod ommaviy sport tadbirlari tashkil etilib, ushbu musobaqalarga 4 mln 700 ming aholi jalb qilingan. Aholi o‘rtasida 31 mingga yaqin sog‘lomlashtirish (ertalabgi badantarbiya) tadbirlarida 3 mln 3 mingga yaqin aholi ishtiroki ta’minlanganligi qayd etildi.

Qizg‘in muhokamalar so‘nggida Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilinib, mavjud kamchiliklarni hal etishda parlament va hukumat yaqin hamkorlikda faoliyat yuritishiga kelishib olindi.