Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri va Koreyaning INHA universiteti prezidenti o’rtasida uchrashuv tashkil etildi

Bugun, 8-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov hamda Koreyaning INHA universiteti prezidenti professor Cho Myon Vu o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Koreya delegatsiyasi, va Toshkentdagi INHA universiteti rektori Muzaffar Jalalov hamda universitet vakillari ishtirok etdilar.

Suhbat davomida Koreya delegatsiyasi O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ijobiy fikr bildirdi. Shuningdek, mamlakatlarimiz o'rtasida sohadagi hamda unuversitetlar o'rtasidagi o'zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish borasida muzokaralar o'tkazildi.