Oliy va o’rta maxsus taʼlim vaziriligi vakillari Buxoro viloyatida bo’ldi

Hududlarda pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliygohlar fakultetlarini maktablarga biriktirish hamda oliy taʼlim muassasalarida talabalarning sifatli taʼlim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida Oliy va o’rta maxsus taʼlim vazirining fan va innovatsiyalar bo'yicha o'rinbosari Raximjon Xakimov xizmat safari bilan Buxoro viloyatida bo’ldi.
Oliy va o’rta maxsus taʼlim vazirining fan va innovatsiyalar bo’yicha o’rinbosari Raximjon Xakimovni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori texnika fanlari doktori professor Nusratilla Barakayev boshchiligidagi prorektorlar hamda dekanlardan iborat ishchi guruh kutib oldi.
Vazir o'rinbosari Raximjon Xakimov Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabalarining professional va jahon standartlariga mos ta’lim olishlari uchun yaratilgan sinf xonalari, o'quv labaratoriya uskunalari hamda talabalar yotoqxonasidagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, tashrif Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Axborot rasesurs markazidagi shart- sharoitlarni o’rganish bilan boshlangan bo’lsa, ish kuni davomida har bir labaratoriya xonalari ko`zdan kechirildi.






