Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 4 milliard 894 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 iyul kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining “Yoshlik-1” konini borib ko‘rdi.
“Yoshlik-1” koni 2024-yilda ishga tushirilishi, jami 6 mingta ish o‘rni tashkil etilishi rejalashtirilgan. Hududi 11 ming gektar bo‘lgan mazkur kondan yiliga 65 million tonna ma’dan qazib olinadi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ochiq va yerosti konlari, metallurgiya va sement zavodlari, keng qamrovli infratuzilma ob’ektlarini birlashtirgan ulkan sanoat majmuasidir.






