Olmaota aeroporti odatiy ish rejimiga o‘tdi

Olmaotada favqulodda holat va komendantlik soati tugashi munosabati bilan 19-yanvar kuni soat 00.00 dan boshlab Olmaota xalqaro aeroporti odatdagidek ishlashni boshladi.
Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni Olmaota aeroportiga hujum uyushtirilgan va shundan so‘ng u ikki hafta davomida cheklangan rejimda ishlagan.






