Olmazor tumanida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi

Аhmad Donish koʼchasida yangi yer usti piyodalar oʼtish yoʼli qurilishi sababli, 2022-yilning 14-iyul kuni soat 21:00 dan 15-iyul soat 07:00 ga qadar shu koʼchaning "Sulton" restoranidan avtomobil koʼprigigacha boʼlgan qismi transport vositalari harakati uchun yopiladi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.