Olmazor tumaninig yangi hokimi tayinlandi

Deputatlar bu lavozimga Ichki ishlar vazirligidagi bo'limlardan birining sobiq boshlig'i Azizxon Umarxonov nomzodini ma'qulladilar.

Bosh vazir Abdulla Aripov Olmazor tumani xalq deputatlari Kengashi yig'ilishida Umarxonov Azizxon Sharipxonovichni ushbu tuman hokimi lavozimiga tavsiya qildi.

Azizxon Umarxonov 2000 yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan va shu yildan boshlab Ichki ishlar vazirligi tizimida ishlagan.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning yanvar oyidan buyon tuman hokimi lavozimini egallab kelgan Abdumajid Mullajonov iyul oyining o'rtalarida 51 yoshida vafot etdi.