Oltin narxi tarixiy maksimumini yangiladi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida mehnat bozorining rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinganidan so‘ng jahon bozorida oltin narxi 1,9 foizga oshdi, bu kutilganidan ham yomonroqdir, deya xabar berdi “Interfaks”.

Qayd etilishicha, iyun oyidagi oltin shartnomalarining kotirovkalari bir kun oldin ko’tarilib, bir troy unsiyasi uchun deyarli 2038,9 dollarni tashkil qilgan.

Natijada ularning narxi 2000,4 dollarga yetdi, bu 2022 yil 10 martdan beri rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Kumushning may oyidagi shartnomalari narxi 4,4 foizga oshib, bir unsiya uchun 25,07 dollarni tashkil qildi.