“Omikron”dan soʼng hosil boʼladigan antitanalarning davomiylik muddati qancha?

Buyuk Britaniyaning “Lancet” tibbiyot nashrida eʼlon qilingan 19 mamlakatda oʼtkazilgan 65 ta sinov va oʼrganishlar yakunlariga asoslangan tadqiqot natijalariga ko’ra, COVID 19 boshdan kechirganlar yana koronavirusni yuqtirsa, ularda oʼlim yoki shifoxonaga yotqizilish xavfi bu dardga biror marta chalinmaganlarga nisbatan 88 foizga kamayadi.
Аmmo kasallik faol mutatsiyaga uchrashi bilan yangi shtamm va subvariantlar paydo boʼlmoqda. Bu esa, oʼz navbatida, organizmdagi antitanalarning himoya darajasiga borgan sari salbiy taʼsir koʼrsatadi.
Masalan, “omikron”dan avvalgi variantlarni yuqtirib, sogʼaygan bemorlarda bu koʼrsatkich bir oy ichida 85 foiz, 10 oydan keyin esa 79 foizni tashkil etgan. “Omikron” shtammida esa ushbu raqamlar bir oy ichida 74 foiz, 10 oydan keyin 36 foizga teng boʼlgan.






