Omikronning yangi "yashirin" shtammi aniqlandi

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi shtamm “omikron”dan ham yuqumliroq bo’lib, virus mutasiyasiga tashxis qo‘yish birmuncha murakkab. U ko‘p hollarda odatdagi PZR testlarida namoyon bo‘lmaydi.

Janubiy Koreya, Vetnam va Germaniyada pandemiyaning yangi to‘lqini yuzaga kelmoqda. Koreya Respublikasida kuniga o‘rta hisobda 340 ming yangi holat qayd etilmoqda. 14-mart kuni bu ko‘rsatkich yanada oshib, 362 mingdan ziyod bemorga koronavirus tashxisi qo‘yilgan.

Hozirgi kunda kasallikning yangi to‘lqini yer yuzi aholisining eng katta qismi yashaydigan Xitoyda tarqalib, aniqlanayotgan yangi holatlar “omikron”ning VA.2 mutasiyasini tashkil etmoqda.

Xususan, mamlakatda o‘tgan kuni 1,5 mingga yaqin kishida ushbu variant aniqlandi. Birgina Szilin provinsiyasida 900ga yaqin fuqaro infeksiyani yuqtirgan. Shanxay va Shenchjen shaharlarida ham xastalikka chalinganlar soni oshmoqda.

Xitoy hukumati kasallik yanada keng tarqalmasligi uchun qat’iy cheklovlarni joriy qilmoqda. Bemorlar bilan aloqada bo‘lganlar majburiy karantinga olinib, ba’zi hududlarda “lokdaun” e’lon qilinmoqda.

Shuningdek, VA.2 Yevropaning qator mamlakatlarida ham faol tarqala boshladi. Oqibatda Buyuk Britaniya, Belgiya, Shvetsariya va Niderlandiyada so‘nggi kunlarda kasallanishlar soni ko'paymoqda.