Ommaviy axborot vositalari sohasini rivojlantirishda birgalikdagi sa'y-harakatlar

"Bright Uzbekistan" jamoasi loyihani AOKA direktori Xodjaev Asadjon Azatbekovichga taqdim etdi. Uchrashuv chog'ida tomonlar loyihani kengaytirish va jahon arenasida O'zbekistonning obro'sini oshirish maqsadida kelgusidagi hamkorlik yo'llarini muhokama qildilar.

"Bright Uzbekistan" xalqaro loyihasining asoschisi Davron Abdullaev maqsad va vazifalar haqida batafsil mʼalumot berib o'tdi. Shuningdek, u mamlakat imidjini osishda loyihaning muhim vazifasi va rolini ta'kidladi.
Asadjon Azatbekovich, o'z navbatida, ushbu loyihaga qiziqib qoldi va sohaning mutaxassisi bo'lganligi sabali maslahatlarini berdi.

"Bright Uzbekistan" loyihasi mamlakatimiz tadbirkorlari bilan xorijiy tadbirkorlar o'rtasida ko'prik bo'lib, O'zbekiston brendini targ'ib qilish uchun muhim vosita bo'lishi mumkin ", dedi u.

Tomonlar O'zbekistonning obro'sini va ommaviy axborot vositalari sohasini rivojlantirish maqsadida kelgusi hamkorlik rejalarini tuzib oldilar.