Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun onlayn buyurtma berish mumkin

2023-yil 30-yanvardan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini YIDXP orqali olish mumkin. Buning uchun my.gov.uz orqali buyurtma beriladi. Invoys shakllangach, BHMning 70 foizi (210 ming so'm) miqdorida, pochta xizmati uchun esa 25 ming so'm to'lov amalga oshiriladi.
Unda:
- bo'sh qatorlar shaxsiy ma'lumotlar bilan to'ldiriladi;
- tegishli bandlar tanlanadi;
- yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil ko'rsatiladi;
- shaxsiy imzo qo'yiladi;
Buyurtma ko'rib chiqilib, chop etgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmatiga taqdim etadi.
Guvohnoma pochta xizmati tomonidan 2 ish kunida manzil bo'yicha yetkaziladi. Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talon olinib, yangisi beriladi.
Pochta xizmati eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talonni DXMga topshiradi.






