Orolboʼyi mintaqasini barqaror rivojlantirish davlatning asosiy ustuvor yoʼnalishlaridan biridir

Bugun, 8-iyun kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov hamda Birlashgan millatlar tashkilotining Oʼzbekistondagi doimiy koordinatori, Orolboʼyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʼyicha koʼp tomonlama sheriklik Trast jamgʼarmasi Boshqaruv qoʼmitasi hamraisi Roli Аstxana o’rtasida uchrashuv o’tkazlidi.
Muloqot chogʼida Trast jamgʼarmasining donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va rivojlanish boʼyicha hamkorlar bilan birgalikda olib borilgan faoliyatining yakunlari, shuningdek, Orolboʼyi mintaqasida resurslarning safarbar etilishi va manzilli loyihalarni amalga oshirishda kelgusidagi hamkorlikning dolzarb masalalari va mexanizmlari muhokama qilindi.
Budan tashqari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan uchta strategik hujjatni, jumladan, Resurslarni safarbar qilish va sheriklik strategiyasi, Kommunikatsiyalar, brendlash va marketing strategiyalari hamda Monitoring olib borish va baholash boʼyicha Yoʼriqnomani Boshqaruv qoʼmitasiga koʼrib chiqish uchun yuborishga qaror qilindi.
Ta’kidlanishicha, ushbu masalalar Boshqaruv qoʼmitasining yaqin kunlarda oʼtkazilishi rejalashtirilgan 5-yigʼilishida koʼrib chiqiladi.
Shuningdek, Jamgʼarma Maslahat qoʼmitasining navbatdagi yigʼilishi ham oʼtkaziladi. Bu, oʼz navbatida, belgilangan vazifalar doirasida yuzaga kelayotgan barcha masalalarga aniq yechimlarni ishlab chiqishga imkon beradi.






