«Osiyo bolalari» VII Xalqaro sport o'yinlari

Vladivostokda qizg’in kechayotgan “Osiyo bolalari” sport o‘yinlari 8-avgustga qadar davom etadi.
Ma’lum qilinishicha, 2-avgust holatiga ko‘ra O‘zbekiston sportchilari:
Asadbek Abdumalikov 200 m masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi. Suzuvchi Daler Sufyanov 100 metrga batterflyay usulida suzishda bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ulyana Nazmutdinova ham 100 metrga chalqancha suzishda bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 44 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan Zebiniso Hoshimjonova, 48 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi Shamsiddin Qurbonov kabi taekvondochilar oltin medal sohibiga aylandi. Laylo Zayniddinova esa kumush medalni (55 kg gacha) qo‘lga kiritdi.
Yengil atletika bahslarida Rustam Abdullayev (100 metrga yugurish) oltin, Amir Ishonxo‘jayev (100 m), Karina Karimova (100 m), Islom Tilaboldiyev (400 m) va Ruxshona Muhamedinova (300 m) bronza medalini qo‘lga kiritdi. Uzunlikka sakrashda Rustam Abdullayev oltin, Sarvar Meyliyev kumush medal sohibi bo’ldi.
Yunon-rum kurashchilari bittadan oltin – Xusniddin Abdukarimov (-44 kg) va ikkita kumush medal – Sarvar Jumaev (-35 kg), Seyman Aslonov (-38 kg)ni qo‘lga kiritdi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha esa, qizlarimiz ikkita kumush va uchta bronza medalga ega bo’ldilar. Bundan tashqari, ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi hisobida oltita medal mavjud.






