Kikbokschilarimiz Osiyo chempionatida jami 24 ta medal qo‘lga kiritdilar

Tailand poytaxti Bangkokda kikboksing bo‘yicha Osiyo chempionati o’tkazildi. Unda O‘zbekiston nomidan 22 nafar sportchimiz 27 yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etdilar. Qayd etish joizki, kikbokschilarimiz OChda jami 24 ta medalni qo’lga kiritdilar, ularning 10 tasini oltin, 9 tasini kumush va 5 tasini bronza tashkil etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Zarifjon Istamov (-60 kg), Sergey Kosolapov (-69 kg) va Malika Choriyeva (-65 kg) 2023-yilda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan Jahon jang san’ati o‘yinlarida ishtirok etish uchun yo‘llanmaga ega bo‘ldi.