Osiyo merlar Forumining VI bosh assambleyasi yalpi majlisi bo’lib o’tdi

Joriy yilning, 9-mart kuni Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxoʼjayev boshchiligidagi poytaxt delegatsiyasi Dushanbe shahridagi Tojikiston Respublikasining Milliy kutubxonasi binosida boʼlib oʼtgan Osiyo merlar Forumining VI bosh assambleyasi yalpi majlisida ishtirok etdi.
Tojikiston Respublikasi Oliy majlisi Millliy kengashining raisi, Dushanbe shahrining meri R.Emomali ishtirokchilarga tadbir “Shahar ijtimoiy kapitali: jamoat ishonchi” shiori ostida boʼlib oʼtayotganini taʼkidladi.
Ishtirokchilar forum doirasida mintaqalararo aloqalarni yanada rivojlantirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qiladilar.






