Osiyo Olimpiya kengashining yubiley Bosh Assambleyasi yuqori tashkiliy saviyada bo‘lib o‘tdi

Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi prezidenti Otabek Umarov Birlashgan Arab Amirliklari MOQ prezidenti – Shayx Ahmad bin Muhammad bin Roshid Al Maktum bilan uchrashuv o'tkazdi.

"Professional sportchi mamlakatning asosiy sport amaldorlaridan biriga aylangan holning yaqqol misoli, Oliy Hazratlari Yaqin Sharq uchun an’anaviy bo‘lgan ot sporti bo‘yicha ko‘plab mukofotlar va xalqaro unvonlar sohibidirlar. Ishonchim komilki, ushbu uchrashuv Milliy olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida yanada yaqin hamkorlikka yo‘l ochadi, bu esa o‘z navbatida OOKning strategik maqsadlaridan biridir. Agar bugun biz tashkilotimizning ikki muhim a’zosi hamkorligiga turtki bera olgan bo‘lsak, buning o‘zi katta muvaffaqiyatdir." - deya ta'kidladi Otabek Muhammadalievich.