Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining yangi vitse-prezidenti

Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi Bosh Assambleyasining birinchi kunida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining vitse-prezidenti etib saylandi.
Uning nomzodi forum delegatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Bright Uzbekistan jamoasi Muxtorxon Toshxo‘jayevni yangi lavozim bilan tabriklaydi va unga Paralimpiya harakati manfaati yo‘lida samarali faoliyat olib borishda yangi yutuqlarga yerishishni tilaydi!






