Oskar mukofoti 94-marotaba o’z g’oliblariga taqdim etildi

АQShning Los-Аnjeles shahridagi Dolby Theatre binosida dunyodagi eng mashhur kino mukofotlaridan biri «Oskar» mukofoti 94-marotaba turli nominatsiyalar boʼyicha gʼoliblarga topshirildi.

Marosim Ukrainadagi urush qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlangan.

Oskar 2021 mukofoti sovrindorlari:

Eng yaxshi badiiy film — «CODA: Kar ota-onalarning farzandi;

Eng yaxshi rejissyor — Jeyn Kempion «It kuchi» filmi;

Eng yaxshi aktyor — Uill Smitt («Qirol Richard» filmi);

Eng yaxshi aktrisa — Jessika Chesteyn («Temmi Feyning koʼzlari»);

Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa — Аriana Debos («Vest sayd hikoyasi»);

Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor — Troy Kotzur («CODA: Kar ota-onalarning farzandi»);

Eng yaxshi operatorlik ishi — Greg Freyzer («Dyuna»);

Eng yaxshi qo‘shiq – “No Time To Die” filmidan Billi Eyilishning “No Time To Die” qo‘shig‘i;

Eng yaxshi animatsion film — «Enkanto» (Disney);

Eng yaxshi xorijiy badiiy film — «Mashinamni hayda»;

Eng yaxshi liboslar dizayni — «Kruella»;

Eng yaxshi «makeup» va soch turmagi — «Temmi Feyning koʼzlari»;

Eng yaxshi vizual effektlar — «Dyuna»;

Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film — «Oynatozalagich» (ispan rejisseri Аlberto Melgo);

Eng yaxshi qisqa metrajli film — «Uzoq xayrlashuv»;

Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film — «Basketbol malikasi».