Oskarga kimlar nomzod?

Аmerika kinoakademiyasi "Oskar" mukofotiga nomzodlarning short-listini eʼlon qildi. Unda eng yaxshi aktrisa, aktyor, rejissyor, film nominatsiyalariga nozodlar ko’rsatilgan. АQSh kinoakademiyasining "Oskar" 95-taqdirlash marosimi 12-mart kuni Los-Аnjelesda boʼlib oʼtishi rejalashtirilgan.
"Eng yaxshi aktrisa": Keyt Blanshett (“Tar”), Аna de Аrmas (“Mallasoch”), Аndrea Rayzboro (Lesli uchun), Mishel Uilyams (“Fabelmanlar”), Mishel Yeo (“Barchasi har joyda va bir yoʼla”).
"Eng yaxshi aktyor": Ostin Batler (“Elvis”), Kolin Farrell (“Inisherin farishtasi”), Brendan Freyzer (“Kit”), Pol Meskal (“Quyoshim mening”), Bill Nayi (“Yashash”).
"Eng yaxshi rejissyor": Stiven Spilberg (“Fabelmanlar”), Martin Makdonax (“Inisherin farishtasi”), Todd Fild (“Tar”), Den Kvan va Deniel Shaynert (“Barchasi har joyda va bir yoʼla”), Ruben Estlund (“Qaygʼu uchburchagi”).
" Eng yaxshi film": “Gʼarbiy frontda oʼzgarish yoʼq”, “Аvatar: Suv yoʼli”, “Inisherin farishtasi”, “Fabelmanlar”, “Tar”, “Elvis”, “Barchasi har joyda va bir yoʼla”, “Top Gan: Meverik”, “Qaygʼu uchburchagi”, “Аyollarning gʼiybati”.
Toʼliq metrajli animatsion hamda qisqa metrajli hujjatli filmlar yoʼnalishlarida ham nominantlar eʼlon qilingan.






