O'smir uchuvchi - dunyo bo'ylab yolg’iz uchgan eng yosh ayol

19 yoshli uchuvchi Zara Ruzerford dunyo bo‘ylab yakkaxon uchgan eng yosh ayolga aylandi.
U noqulay ob-havo, viza kechikishi va hujjatlarni rasmiylashtirish cheklovlari sababli ikki oy davomida o’z rejalarini amalga oshirish uchun kurashdi va muvafaqqiyatli parvozni amalga oshirdi.
"Eng qiyini Sibir ustidan uchish edi. Havo juda sovuq edi va agar dvigatel to'xtab qolsa, men qutqaruvchilarni bir necha soat kutgan bo’lar edim. Tirik qolishimga ishonchim komil emas edi" – deya ta’kidladi Zara.
Ma'lumot uchun: Zara Ruzerford sayohatini 2021-yil 18-avgustda Belgiyaning Kortriyk shahrida boshlagan va besh oylik sayohatdan so‘ng 2022-yil 20-yanvarda tugatgan.






