Ostona shahrida “Raqamli ko'prik 2022” xalqaro IT Forumi bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning 28-29-sentabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida "Raqamli ko'prik 2022" (Digital Bridge 2022) xalqaro IT Forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu forumda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ham ishtirok etdi. Forum doirasida Sherzod Shermatov Qozog'iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri B.Musin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Qozog‘iston va O‘zbekiston davlatlarining mafaatlaridan kelib chiqqan holda AKT sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish telekommunikatsiya, pochta va radiochastota yo‘nalishlaridagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Qozog‘iston Raqamli rivojlanish, innovatsiya va aerokosmik sanoat vazirligi o'rtasida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitimni 2022-yil 24-27-oktabr kunlari Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan АКТ haftaligi doirasida imzolash muhokama qilindi.