Ota-onasini yo'qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etiladi

Prezidentimiz ota onasini yo'qotganbolalarga uy-joy ajratish, ta'lim olish va ularning qonuniy manfaatlarini qo'llab quvvatlash bo'yicha tegishli qarorni imzoladilar.
Ota-onasini yo'qotgan bolalarga uy-joy ajratishning yangi tizimi joriy etilmoqda. Unga ko‘ra:
– uy-joyga muhtoj va 18 yoshga to‘lgan ota-onasini yo'qotgan bola uchun (25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan) 1 xonali, ular o‘rtasida tuzilgan oila uchun (50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan) 2 xonali uy-joy ajratiladi;
– 2021-yil 1-dekabrga qadar 757 nafar ota-onasini yo'qotgan bolalarga uy-joy ajratish bo‘yicha maqsadli parametr (oxirgi 10 yilda ajratilgan uy-joylar sonidan 1,2 baravar ko‘p) tasdiqlanmoqda.
Ota-onasini yo'qotgan bolalarning ta’lim olishini rag‘batlantirish maqsadida:
– tarbiya muassasalaridagi bolalarga nodavlat ta’lim tashkiloti o‘quv kurslarida o‘qish xarajati uchun yiliga 4,9 mln so‘mdan kompensatsiya to‘lanadi;
– Ota-onasini yo'qotgan talabalar uchun Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 50 foizga oshirilgan miqdorda stipendiya (amaldagi 470 ming so‘mdan 705 ming so‘mga oshiriladi) to‘lanadi;
– “Mehribonlik” uylariga yoki ota-onasini yo'qotgan bolalarga ajratilgan xayriya mablag‘lari foyda solig‘i bazasidan chegiriladi.
Ota-onasini yo'qotgan bolalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning quyidagi yangi tizimi joriy etilmoqda:
– nogironligi bo‘lgan ota-onasini yo'qotgan bolalarni vasiylikka olgan oilalarga to‘lanadigan to‘lovlar 2,5 mln so‘mga yetkaziladi, sog‘lom ota-onasini yo'qotgan bolalarni vasiylikka va homiylikka olganlik uchun 1,2 mln so‘m miqdorida har oylik moddiy yordam to‘lovlari to‘lanadi;
– Ota-onasini yo'qotgan bolalarning xorijiy davlatlarda jarrohlik amaliyoti xarajatlari to‘liq miqdorda kompensatsiya qilinadi.






