Otabek Mahkamovdan motivatsion kitob taqdimoti

Joriy yilning 26-may kuni aktyor, yurist, teleboshlovchi, radioboshlovchi va journalist Otabek Mahkamov o’z qalamiga mansub, o’zbek, rus va ingiliz tillarida yozilgan “Yuksaklik sari tasodif boʼlmagan 100 ta uchrashuv” nomli kitobining taqdimotini o’tkazdi.
Mazkur kitob motivatsion maqsadlarda yozilgan boʼlib, unda muallif soʼnggi 18 yil davomida dunyoning 52 ta davlatiga sayohat qilish jarayonida uchrashgan zamonamizning 100 ta muvaffaqiyatli shaxsidan olgan hayotiy saboqlari bilan oʼrtoqlashgan.
Ushbu shaxslar orasida dunyoga mashhur insonlar ham, Vatanimiz rivojiga va uning xalqaro nufuzini oshirishga ulkan hissa qoʼshgan Oʼzbekistonning yorqin namoyandalari ham bor. Masalan, Shavkat Mirziyoyev, Аbdulla Oripov, Shuhrat Аbbosov, Toxir Malik, Farrux Zokirov, Erkin Komilov, Yodgor Saʼdiyev va boshqalar.
Kitob yurtimiz yoshlariga moʼljallangan boʼlib, birdan uch tilda: oʼzbek, rus va ingliz tillarida yozilgan.






