Nurmat Otabekov "Moderna vaksinasi bilan qayerda emlansa bo'ladi?" degan savoliga javob berdi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'ining o'rinbosari Nurmat Otabekov AQShning vaksinasi bilan qayerda emlanish mumkinligi va kimga shu vaksina tavsiya etiladiganligi haqida garib berdi.

-Vaksinani Toshkent shahri, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston viloyatlari aholisi olishlari mumkin. Uni tarqatish bilan Sog'liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologiya xizmati shug'ullanadi. Ushbu vaksinani barcha emlash markazlarida 18 yoshdan katta shaxslar olishlari mumkin", - dedi Otabekov.

Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, vaksinani saqlash uchun +2, + 8 daraja harorat talab qilinadi. Organizmga kiritiladigan dorining umumiy hajmi 0,5 ml ni tashkil qiladi, va har bir fuqaro shu vaksina bilan 28 kun oralatib emlanadi.