O'tkir Saidov Turizm va sport vazirining o'rinbosari etib tayinlandi

Turizm va sport vazirining ziyorat turizmi bo'yicha yangi o'rinbosari tayinlandi, - deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

O'tkir Urolboyevich Saidov - tayinlangunga qadar vazirning ma'naviy-ma'rifiy ishlar va davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchisi faoliyat yuritgan.

O'tkir Saidov (1988 yilda tug'ilgan) - Samarqand davlat chet tillar instituti (filolog, ingliz tili o'qituvchisi, 2011) va O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining bitiruvchisi (Davlat sektorini boshqarish bo'yicha magistr, 2015).