OTMda taʼlim olayotgan talabalar soni bir milliondan oshdi

2022/2023-oʼquv yili boshiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan 191 ta oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni bir milliondan oshgan. Bu haqda, Statistika agentligi maʼlumotlarida qayd etilgan.
Shundan:
Talaba yigitlar – 544,8 ming nafarni;
Talaba qizlar – 495,6 ming nafarni ko’rsatgan.
P.S. 2021-yilning 1-yanvar holatiga, YUNESKOning statistika instituti maʼlumotlariga koʼra, xorijda tahsil olayotgan Oʼzbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.






