OTMga o‘qishga kirish uchun yagona portal orqali ro'yxatdan o'tish va arizani topshirish bo'yicha yo‘riqnoma

Ushbu maqolada abituriyentlar my.gov.uz veb-saytida ro'yxatdan o'tish, shuningdek, mamlakatimizdagi OTMga o‘qishga qanday qilib qilib kirish bo'yicha yo‘riqnomani keltirdik.

My.gov.uz veb-saytida ro'yxatdan o'tish:
1) my.gov.uz havolasining bosh sahifasidagi "abituriyentni onlayn ro'yxatdan o'tkazish" bo'limiga kiriladi.
2) Ochilgan oynada "xizmatdan foydalanish" tugmasi bosiladi.
3) Arizachining telefon raqami kiritiladi.
4) Keyin raqamlar va harflarni o'z ichiga olgan parol yaratiladi.
5) Xavfsizlik uchun arifmetik ifodaning qiymati kirgiziladi.
6) Ko'rsatilgan telefon raqamga yuborilgan SMS-xabar tegishli maydonga kiritiladi.

OTMga kirish uchun ariza:
1) Birinchi qadamda pasport ma'lumotlari kiritilib, ushbu ma'lumotnomalardan foydalanish uchun rozilik bildiriladi.
2) Ikkinchi qadamda doimiy yashash manzili haqidagi ma'lumotnoma kiritiladi.
3) Uchinchi qadamda tamomlagan ta'lim muassasasi manzili kiritiladi.
4) To'rtinchi qadamda abituriyentda imtiyozlar mavjud bo'lsa, u holda avtomatik ravishda ko'rinadi.
5) Beshinchi qadamda OTMni tanlash oynasida ta'lim shakli, ta'lim tili tanlanadi, hamda ta'lim olish istagan OTM tanlanadi.
6) Oltinchi qadamda kiritilgan umumiy ma'lumotnomani tasdiqlash uchun telefon raqamga qayta yuborilgan maxsus kodni kiritiladi
7) Yettinchi qadamda testdan o'tish uchun belgilangan to'lov miqdori ko'rsatiladi.

Ta'kidlash joizki, ta'lim muassasalarni joriy yilda tugatgan abituriyentlar, nogironligi bor fuqarolar va to'liq Davlat ta'minotidagi shaxslardan to'lov undirilmaydi.