OTMlarga kirish maktab imtihonlari natijalari asosida bo’ladi

1 iyun kuni bo'lib o'tgan brifingda DTM boshqarma boshlig'i Farhod Mirzayevning xabar berishicha, O'zbekistonda maktab imtixonlari natijalari asosida OTMga kirish amaliyotini bosqichma-bosqich tadbiq qilish rejalashtirilmoqda. 
“Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tizimini birlashtirish to'g'risidagi qaror tegishli organga ko'rib chiqish uchun taqdim etildi. Agar qabul qilinsa, biz kirish imtihonlaridan voz kechamiz va maktablarda topshirilgan imtihonlar natijalariga ko'ra talabalarni OTMlarga qabul qilishni bosqichma-bosqich joriy qilamiz. Masalan, tajriba sifatida birinchi bosqichda ushbu amaliyotni to'rtta viloyatda joriy etish ko'rib chiqiladi. Keyin ushbu tizim boshqa viloyatlarda ham joriy etiladi», - deydi Farxod Mirzayev.