OTMlarga qabul kvotalari tasdiqlandi

“2022/2023-o'quv yili uchun davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to'g'risida”gi Prezident farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga ko'ra, 2022/2023-o'quv yili uchun davlat OTMga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tasdiqlandi:

bakalavrlar tayyorlash bo'yicha:

kunduzgi ta'lim shakliga – 77 477 nafar;
sirtqi ta'lim shakliga – 26 095 nafar;
kechki ta'lim shakliga – 3 725 nafar;
masofaviy ta'lim shakliga – 3 410 nafar;

magistrlar tayyorlash bo'yicha – 10 688 nafar.

Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTM kuzatuv kengashlari hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy ta'lim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022-yil 20-iyungacha tasdiqlashi tavsiya etildi.