Oxirgi 20 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisi 77 mln kishiga yetdi

Yevroosiyo taraqqiyot banki maʼlumotlariga koʼra, Markaziy Osiyo bugungi kunda jadal rivojlanayotgan yirik va istiqbolli iqtisodiy mintaqa hisoblanadi.
Qayd etilishicha:
– yalpi ichki mahsulot 20 yil ichida 7,5 barobar oshib, 347 milliard dollarni tashkil etdi;
– toʼplangan xorijiy investitsiyalar hajmi 17,2 barobarga oshib, 211,4 mlrd dollarga yetdi;
– tashqi tovar ayirboshlash hajmi esa 6 barobarga oshib, 165,5 mlrd dollargacha ko’tarildi;
– aholi soni 77 millionga yetdi.






