Oybek Kasimov OFK Yuridik qoʻmitasi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) oʻz tarkibidagi qoʻmitalarining vakolat muddati 2023-2027-yillarni tashkil etuvchi yangi tarkibini eʼlon qildi.
Ahamiyatlisi, unda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Omilovich Kasimov OFK Yuridik qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, yana 5 nafar hamyurtimiz Konfederatsiyaning turli qoʻmitalari aʼzoligiga qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq MOQ raisining birinchi oʻrinbosari, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov OFK Ijroiya qoʻmitasining Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha aʼzoligiga saylanib, tashkilotning Hakamlar Qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan edi.






