Ozarbayjon bilan sanoat mulkini muhofaza qilishda hamkorlik qilinadi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O'zbekiston hamda Ozarbayjon Respublikasi Hukumatlari o'rtasida sanoat mulkini muhofaza qilish sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur Bitim 2022-yil 21-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O'zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta'minlaydi.