Ozarbayjon prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 21-22-iyun kunlari Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi kutilmoqda.

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga bo’ladigan ushbu tashrifi arafasida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Ozarbayjon davlat turizm agentligi hamkorligida ushbu mamlakatning turizm salohiyati, madaniyati, tarixiy va madaniy obyektlari, urf-odatlari, an’analari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida bir guruh o‘zbekistonlik jurnalistlar uchun infotur uyushtirildi.

Ushbu infotur doirasida Diaspora bilan ishlash bo‘yicha davlat qo‘mitasiga bo‘lgan tashrifda Qo‘mita rahbari o‘rinbosari Faik Guliyev jurnalistlar bilan suhbatda Ozarbayjon rahbarining O‘zbekistonga tashrifi haqida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.