Ozarbayjon Prezidenti Samarqandga tashrif buyurdi

Turkiy Davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitiga aʼzo va kuzatuvchi davlatlar rahbarlarining tashrifi boshlandi. Bugungi ilk tashrifni, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev turmush o'rtog'i bilan amalga oshirdi. Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Ta’kidlash joizki, Tashkilotga 2009-yil 3-oktabrda "Turkiy kengash" nomi bilan Ozarbayjonning Naxchivon shahrida o’tkazilgan uchrashuvda, "Naxchivon kelishuvi” imzolanishi bilan asos solingan.
Ma’lumot o’rnida qayd etish joizki, Ozarbayjon va O’zbekiston o’rtasidagi o’zaro hamkorlik aloqalari so’nggi yillarda jadal rivojlanib bormoqda.
Jumladan, joriy yilning birinchi yarmi natijalariga koʼra, Oʼzbekiston mahsulotlarini import qiluvchi davlatlar orasida Ozarbayjon 13-oʼrinni egallagan va Ozarbayjonning Oʼzbekiston umumiy eksportidagi ulushi 0,6 foizga oshgan.
Bugungi kunda Oʼzbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokida 243 ta korxona tashkil etilgan boʼlib, ulardan 16 tasi joriy yil boshidan buyon faoliyat yuritadi.






