Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkiya Kaspiy dengizi orqali savdoni yanada kengaytirmoqchi

27-iyun kuni Bokuda Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkiya Tashqi ishlar hamda Transport vazirlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Turkiya TIV bayonotiga ko‘ra, ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad uch davlat manfaatlariga mos keladigan masalalarni muvofiqlashtirish hamda mintaqaviy aloqalarni kuchaytirishdan iborat.

Vazirlar Kaspiy dengizi orqali o‘tadigan Sharq-G‘arb transport yo‘lagining salohiyatini yana-da oshirishni ham ko‘rib chiqadi. Aynan tranzit masalasi markaziy mavzulardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Qozog‘iston va Ozarbayjon so‘nggi vaqtlarda Kaspiy dengizining tranzit imkoniyatidan yana-da keng foydalanish ustida ish olib bormoqda.