Ozarbayjon Raqamli rivojlanish va transport vaziriga Bright Uzbekistan jurnalining ilk soni taqdim etildi

Xabaringiz bor, ayni damda loyihamiz a’zolari ijodiy safar munosabati bilan Ozarbayjonning Baku shahrida bo’lib, qator tadbirlarda ishtirok etmoqda. Shu o’rinda, Turkiy Davlatlar Tashkilotining AKT boʻyicha masʼul vazirlar va yuqori lavozim vakillarining navbatdan tashqari yig‘ilishiga boshchilik qilgan, Ozarbayjon Respublikasi Raqamli rivojlanish va transport vaziri Rashad Nabiyev bilan uchrashuv tashkil etilib, Bright Uzbekistan jurnalining ilk soni mamnuniyat ila taqdim etildi.

Vazir jurnalimizning ilk sonini katta qiziqish bilan qarshi olib, uni yuqori baholadi.

Ko’plab tadbirlar va xabarlarimiz doirasida ta’kidlab o’tganimizdek, Bright Uzbekistan jurnali ijtimoiy-siyosiy, tijoriy va iqtisodiy jurnal sanalib, uning navbatdagi sonlaridan ko’plab qardosh mamlakat rahbarlari hamda siyosiy vakillari o’rin oladilar. Aynan shu qatorda, Ozarbayjon rahbari va vazirliklari ham jurnalimizning keyingi sonlarida aks ettirilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, ijodiy guruhimizning Baku shahriga tashrifi doirasida Ozarbayjon Respublikasining siyosiy vakillari hamda vazirliklari bilan tanishish, imkon darajasida mazkur mamlakat borasida ma’lumotlarga ega bo’lish maqsadida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.