Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Samarqandga keldi

Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashinining majlisiga faxriy mehmon sifatida taklif etilgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilham Аliyev Oʼzbekistonga tashrif buyurdi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Аbdulla Аripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.






